Grem Potter: "Yaxshi o'yin bo'ldi"

Mirjalol Normatov
21 yanv 2023
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Menimcha, yaxshi o'yin bo'ldi. Jamoamning maydonda ishlatgan kuchi, sarflagan energiyasidan mamnunman. "Enfild"da raqiblarga doimo qiyin bo'lib kelgan. Bu shunchaki oq varoq, boshqa gap yo'q. Endi faqat keyingi o'yinlarni o'ylash kerak.

Dastlabki bo'limni yaxshi o'tkazdik, biroq omadimiz kelmadi. Yaxshi vaziyatlardan foydalana olmadik. Biroq borimiz shu. Raqiblar ikkinchi bo'limni yaxshi boshlashdi. Keyin biz o'zimizni tiklab oldik va maydonda nazorat o'rnata boshladik. Umuman olganda bugunni pozitiv kun deya olaman. Ammo fakt shuki, biz uch ochko olishni istagandik", - dedi Potter.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC