

"Men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Turnirga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz juda oz bo'lganini hisobga olsak, futbolchilarim aql bovar qilmaydigan ishni bajarishdi.
Biz qattiq mehnat qildik va o'zimizga ishondik. Bularning barchasi shunday ajoyib natijaga erishishimizga imkon berdi. Futbolchilarimning ko'zlari yonib turdi, ular bor e'tiborni maqsadga qaratishgandi. Ajoyib psixologiya ko'rsatdik", – dedi avstraliyaliklar murabbiyi.
Avstraliya terma jamoasi 1/8 finalda Argentina bilan o'ynaydigan bo'ldi. Bahs 4 dekabr kuni 23:59 da start oladi.



