Gretsiya chempionati 6 iyundan davom ettirilishi mumkin

Gretsiya superligasi direktorlar kengashi musobaqani 6 iyundan boshlab davom ettirish borasida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda musobaqa rasmiy sayti.

Endi bu qarorni mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlashi lozim. Mavsumning qolgan uchrashuvlaridan oldin har bil klub koronavirusga chalinishning oldini olish maqsadida xavfsizlik va sanitariya qoidalariga amal qilishlari lozimligi ko'rsatilgan tibbiy protokolni qabul qilib oladi. Gretsiyada mavsum 19 iyul kuni yakunlanishi ko'zda tutilgan.

Superligada klublar mavsumning birinchi qismini yakunlashgan. Mavsumning qolgan qismini kuchli oltilikdagi jamoalar chempionlik, sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borsa, qolgan jamoalar kuchlilar safida jon saqlash bahsga kirishishadi.


Manba: championat.com