Endi o'smirlarimiz 28 oktyabr kuni Gonduras o'smirlari bilan bellashishadi. G'olib chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Raqib jamoaning o'tgan mundiallardagi ishtiroki va hozirgi musobaqada ko'rsatgan natijalari bilan tanishtirishga qaror qildik.
Gonduras o'smirlar terma jamoasi ilk bor 2007 yilgi mundialda ishtirok etgan.
Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida debyut qilgan Gonduras o'smirlari guruhdagi barcha o'yinni boy berishgan. Ispaniyaga 2:4, Argentinaga 1:4 va Suriyaga 1:2 hisoblarida imkoniyat boy berilgan. Shu tariqa gondurasliklar gurhda 0 ochko bilan so'nggi o'rinni band etishgan.
2009 yilgi Nigeriya mezbonlik qilgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida Gonduras "A" guruhida ishtirok etgan. Qizig'i bu safar ham jamoa ortiga ochkosiz qaytgan. Argentina (0:1), Nigeriya (0:1) va Germaniya (1:3) kabi kuchli raqiblar oldida Gonduras hech nima qila olmagan.
2011 yilgi mundialga Gonduras chiqa olmagan.
Hozir davom etayotgan Jahon chempionatida Gonduras o'zining dastlabki ochkolari va g'alabasini qo'lga kiritgani e'tiborga molik.
"A" guruhining 1-turida musobaqa mezboni BAA ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan Gonduras keyingi turda Slovakiya bilan durang o'ynadi - 2:2. So'nggi turda JCH g'olibligiga bosh da'vogar deb hisoblanayotgan Braziliyaga imkoniyat boy berildi - 0:3. 4 ochko olgan Gonduras guruhda ikkinchi o'rinni band etdi.
JCH-2013da jamoaning urgan to'rtta goliga to'rtta futbolchi mualliflik qildi: Fredi Medina, Xorxe Bodden, Rembrandt Flores va Brayn Velaskez.