

Eyndxovendagi “Filips” stadionida kechgan bellashuvda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. 69-daqiqada Lyuk de Yong kiritgan gol rossiyalik mutaxassis Leonid Sluckiy boshqarayotgan “Vitess”ning mag'lubiyati uchun etarli bo'ldi. Uchrashuvning 14-daqiqasidan boshlab mehmonlar bir kishi kam bo'lib harakatlana boshlashdi. Himoyachi Danilo Duki bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan “siylandi”.
Ayni paytda chempionat turnir jadvalida PSV 33 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, “Vitess” 15 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.



