Goal Oltin to'pni yutishga da'vogarlar reytingini yangiladi

Khoja
27 may 2025, 09:42
Usmon Dembele Goal tomonidan tuzilgan reytingda “Oltin to'p“ uchun asosiy da'vogar.

Fransiyalik futbolchi PSJ bilan Fransiya chempioni bo'ldi, shuningdek, Fransiya kubogi va Superkubogida zafar quchdi. Bundan tashqari, PSJ ECH finalida ham bahs olib boradi. Kuchli uchlikdan “Barselona“ning ikki nafar futbolchisi joy olgan.

Goal talqini bo'yicha “Oltin to'p“ 2025 sovriniga da'vogarlar ro'yxati

1. Usmon Dembele – PCJ

2. Lamin Yamal – “Barselona“

3. Rafinya – “Barselona“

4. Janluiji Donnarumma – PCJ

5. Muhammad Saloh – Liverpul“

6. Kilian Mbappe – “Real“

7. Pedri – “Barselona“

8. Harri Keyn – “Bavariya“

9. Robert Levandovski – “Barselona“

10. Lautaro Martines – “Inter“

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Goal