Goal: MYU Alderveyreld transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

7 avg 2018, 08:21
“Tottenhem” himoyachisi Tobi Alderveyreld transfer oynasi yakunlanishiga uch kun qolganida jamoasini almashtirishi mumkin.

Goal portali tarqatgan xabarga ko'ra, MYU belgiyalik futbolchining transferi borasida “Tottenhem” bilan kelishuvga erishgan. Kelishuv summasi oshkor etilmayapti, ammo u londonliklarni qoniqtirgani aniq. Alderveyreldning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida nihoyasiga etadi.

Shu bilan birga “shporlar” allaqachon himoyachning o'rnini bosadigan futbolchi izlashga tushgan. Belgiyaning Het Laatste Nieuws nashri xabariga ko'ra, Alderveyreld “Tottenhem”ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini keskin rad etib, klubni tark etish niyatida ekanligini ma'lum qilgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar futbolchi uchun 65 million evro talab qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal