Glen Jonson: “Mehmondagi o'yinlarda ham yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz”

Tolibjon Qosimov
10 dek 2013, 11:26
“Liverpul” klubi himoyachisi Glen Jonson, jamoasining mamlakat chempionatida yaxshi natijalarga erishayotgani haqida fikr bildirib o'tdi.

- Har bir jamoaning ham Jerardek o'yinchisi jarohat olganda, kuchsizlanib qoladi, ammo biz to'xtab qolmasligimiz va odatdagidek o'ynashda davom etishimiz kerak. Biz o'z maydonimizda o'tkazgan keyingi bir nechta o'yinda ajoyib ishtirok etdik. Lekin mana shunday o'yinlarni safarda ham ko'rsatishni istardik, - Jonsonning so'zlarini keltiradi Liverpool Echo.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net