Giggz Uels terma jamoasi bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018, 13:32
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz Uels terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. Oldinroq, tomonlar muzokaralar o'tkazishgan edi, ammo natijalar haqida ma'lumot berilmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 44 yoshli mutaxassis tayinlanishi haqida bugun rasmiy ma'lumot beriladi. Uels futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Giggzdan tashqari Kreyg Bellami, Toni Pyulis va Terri Anri nomzodlarini ko'rib chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia