Gibbs Eshli Koulni o'rniga Angliya terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2013, 09:20
Angliya terma jamoasi himoyachisi Eshli Koul JCH-2014 saralashi doirasidagi Chernogoriya va Polshaga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
Jarohat olgan Koulni o'rniga Arsenal himoyachisi Kiran Gibbs chaqirildi, deb yozadi Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy tvitteri.

32 yoshli Koul premer-liganing  7-turidan o'rin olgan Norvichga qarshi o'yinda (3:1) qovurg'asidan jarohat olib 75-daqiqada boshqa futbolchiga almashtirilgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru