

"Oston O'runov transferi bo'yicha Bundesliga klubi qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Spartakga o'tishidan avval o'zi ham buni inkor etmagan va Yevropadan takliflar borligi haqida yozgandim.
Rossiyalik jurnalist Ilya Kazakovning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Spartak pochtasiga Gertadan rasmiy taklif kelib tushgan. Aytilishicha, Gerta O'runov transferi uchun 5 million evro taklif qilmoqda.
Spartak bu pulga sotishi jumboq, aniqrog'i qiyin masala. Voqealar rivojini kuzatamiz. Bugun jamoa RPLda start oladi. Kutamiz!
Shu o'rinda qo'shimcha, Eldor Shomurodov borasida ham Gerta ishlamoqda. Bu haqda shoshilmay turgandim. Lekin O'runovning transfer yangiliklari fonida buni ham qo'shib ketaman. Muammo shundaki, Shomurodovning transfer qiymati, yani Rostov so'raydigan so'mma Gertaga maqul kelishi qiyin. Lekin jamoa hujumchi izlamoqda va short-listda Shomurodov sharifi bor".



