Gerreyruning xizmatlari "Barselona"ga taklif qilindi

Sherzod Nurmatov
14 may 2022, 21:02
Portugaliya va Dortmundning "Borussiya" klubi chap qanot himoyachisi Rafael Gerreyru "Barselona"ga taklif qilingan, deya xabar berdi jurnalist Fernando Polo.

Manbaning xabariga ko'ra, portugaliyalik 2023 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

Qayd etilishicha, Dortmund klubi shu tufayli uni 8-10 million evroga sotish mumkin.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Gerreyru "Barsa"da o'ynashni orzu qiladi, Kataloniya klubi esa Jordi Albaga raqobatchi qidirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo