

Musobaqaning final uchrashuvida Germaniya va Chili terma jamoalari bosh sovrin uchun maydonga chiqishadi. Bellashuv yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Chili terma jamoasi yarim finalda penaltilar seriyasida portugaliyaliklardan ustun kelgan bo'lsa, Germaniya termasi Meksikani yirik hisobda taslim etdi.
Chili ushbu musobaqada Amerika kubogi g'olibi sifatida ishtirok etayotgan bo'lsa, Germaniya jahon chempioni sifatida turnirda qatnashmoqda.
Ushbu musobaqa tarixida ilk marta finalda Germaniya va Chili terma jamoalari o'zaro kurash olib borishadi.



