Germaniya termasi Yevropa chempionati uchun tarkibini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2024, 18:25
Germaniya terma jamoasi ustozi jamoaning o'z uyida o'tadigan Yevropa chempionati uchun yakuniy tarkibini ma'lum qildi.

Ro'yxatdan 27 futbolchi joy oldi, sardor sifatida Ilkay Gyundogan qayd etilgan.

Darvozabonlar: Oliver Baumann ("Xoffenxaym"), Manuel Noyer ("Bavariya"), Aleksander Nyubel ("Monako"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona").

Himoyachilar: Valdemar Anton, Maksimilian Mittelshtedt (har ikkisi - "Shtutgart"), Benjamin Xenriks, David Raum (har ikkisi - "RB Leyptsig"), Yozua Kimmix ("Bavariya"), Robin Kox ("Ayntraxt", Frankfurt), Antonio Ryudiger ("Real", Madrid), Niko Shlotterbek ("Borussiya", Dortmund), Jonatan Ta ("Bayer", Leverkuzen).

Yarim himoyachilar: Robert Andrix, Florian Virc (har ikkisi - "Bayer", Leverkuzen), Kris Fyurix ("Shtutgart"), Paskal Gross ("Brayton"), Ilkay Gyundogan ("Barselona"), Toni Kroos ("Real", Madrid), Jamal Musiala, Aleksandr Pavlovich, Leroy Sane (barchasi - "Bavariya").

Hujumchilar: Maksimilian Bayer ("Xoffenxaym"), Niklas Fyullkrug ("Borussiya", Dortmund), Kay Xaverc ("Arsenal", London), Tomas Myuller ("Bavariya"), Deniz Undav ("Shtutgart").


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Dfb.de