Germaniya terma jamoasining "Konfederatsiyalar Kubogi-2017"da qatnashadigan tarkibi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 19:23
Germaniya murabbiylar shtabi Rossiyada bo'lib o'tadigan "Konfederatsiyalar Kubogi"da ishtirok etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi.


Tarkib quyidagicha ko'rinish olgan:

darvozabonlar - Bernd Leno ("Bayer"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona", Ispaniya), Kevin Trapp (PSJ, Fransiya);

himoyachilar - Mattias Ginter ("Borussiya" Dortmund), Yonas Gektor ("Keln"), Benyamin Xenriks ("Bayer"), Yozua Kimmix ("Bavariya"), Shkodran Mustafi ("Arsenal"), Marvin Plattenxardt ("Gerta"), Antonio Ryudiger ("Roma", Italiya), Niklas Zyule ("Xoffenxaym");

yarim himoyachilar - Yulian Brandt ("Bayer"), Emre Jan ("Liverpul", Angliya), Kerem Demirbay, Sebastyan Rudi ("Xoffenxaym"), Diego Demme ("RB Leyptsig"), Yulian Draksler (PSJ, Fransiya), Leon Gorecka ("Shalke"), Lars Shtindl ("Borussiya" Menxengladbax);

hujumchilar - Sandro Vagner ("Xoffenxaym"), Timo Verner ("RB Leyptsig"), Amin Yunes ("Ayaks", Gollandiya).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia