Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasining "To'rtlik finali" uchun tarkibini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
22 may 2025, 18:43
Yulian Nagelsman boshchiligidagi Germaniya milliy terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasining yakuniy uchrashuvlari uchun tarkibi ma'lum bo'ldi.

Jamoa 4 iyun kuni yarim finalda Portugaliya bilan maydonga tushadi, 8 iyun kuni esa uchinchi o'rin uchun o'yin va turnir finali bo'lib o'tadi.

Darvozabonlar: Oliver Bauman ("Xoffenxaym"), Aleksandr Nyubel ("Shtutgart"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona").

Himoyachilar: Robert Andrix ("Bayer"), Valdemar Anton ("Borussiya" Dortmund), Yann Aurel Bissekk ("Inter"), Joshua Kimmix ("Bavariya"), Robin Kox ("Ayntraxt"), Maksimilian Mittelshtedt ("Shtutgart"), David Raum ("Leyptsig"), Jonatan Ta ("Bayer").

Yarim himoyachilar: Karim Adeyemi ("Borussiya" Dortmund), Nadim Amiri ("Maync"), Tom Bishof ("Xoffenxaym"), Serj Gnabri ("Bavariya"), Leon Gorecka ("Bavariya"), Robin Gosens ("Union"), Paskal Gros ("Borussiya" Dortmund), Feliks Nmecha ("Borussiya" Dortmund), Aleksandar Pavlovich ("Bavariya"), Leroy Sane ("Bavariya"), Angelo Shtiller ("Shtutgart"), Florian Virc ("Bayer").

Hujumchilar: Niklas Fyullkrug ("Vest Xem Yunayted"), Deniz Undav ("Shtutgart"), Nik Voltemade ("Shtutgart").

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports