Germaniya kubogi. “Bavariya” chorak finalda

Aslanov Jasurbek
8 fev 2017, 03:00
Germaniya kubogi 1/8 finalida “Bavariya” futbolchilari o'z maydonlarida “Volfsburg”ni taslim etishdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Duglas Kosta tomonidan kiritilgan gol o'yinda yagonaligini saqlab qoldi. Bellashuvning so'nggi daqiqalarida myunxenliklar posboni Manuel Noyer ketma-ket ikkita vaziyatda jamoasini muqarrar goldan saqlab qolganligini ham alohida takidlash joiz.

Germaniya kubogi. 1/8 final.

Bavariya - Volfsburg - 1:0 (1:0)

Gol: Duglas Kosta 17.

Bavariya: Noyer, Martines, Xummels, Alaba, Lam, Xabi Alonso (Kimmix 73), Vidal, Alkantara, Robben (Koman 89), Duglas Kosta (Canchesh 87), Levandovski.

Volfsburg: Kastels, Vieyrinya, Rodriges, Knoxe, Gerxardt, Bazur (Didavi 76), Luis Gustavo, Arnold, Zeguin, Ntep (Gomes 61), Mayoral (Malli 46).

Ogohlantirish: Luis Gustavo 57, Robben 72.

Hakam: Yoken Drees.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia