Germaniya bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy da'vogar ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
11 sen 2023, 08:10
Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Hans-Diter Flik o'rnini egallashi kutilayotgan asosiy nomzod ma'lum qilindi.

Bild xabariga ko'ra, Nemis futbol ittifoqi Flik o'rniga Tomas Tuxelni taklif etishni rejalashtirgan. Germaniyalik murabbiy ayni vaqtda Bavariyada ishlab kelmoqda.

Ma'lumot uchun, Germaniya 12 sentyabr kuni Fransiyaga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Shu kuni Rudi Fyoller “nemis mashinasi”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com