Germaniya. 2-tur tugadi. Levandovskidan avtogol, "Borussiya"dan g'alaba

Narzulla Saydullayev
18 avg 2013, 22:59
Germaniya bundesligasida 2-tur o'yinlari yakunlandi.
 Bugun turning oxirgi ikki o'yini bo'lib o'tdi. "Nyurnberg" o'z uyida "Gerta" bilan durang o'ynadi - 2:2. 

Dortmundning "Borussiya" klubi o'z maydonida "Ayntraxt B"ni qiyinchilik bilan taslim qildi - 2:1. Mehmonlarning yagona goliga Robert Levandovski muallifik qildi, anglaganingizdek dortmundlik hujumchi bu safar o'z darvozasiga gol urdi.

Nyurnberg – Gerta 2:2 (1:0, 1:2)
18 avgust, Izi-Kredit-Shtadion
Gollar:
1:0 – 40 Drmich (Ginchek), 1:1 – 61 Allagi (Baumyxoann), 1:2 – 78, penalti Ronni (Baumyxoann), 2:2 – 89 Kiyotake. 
Nyurnberg – R. Shefer, Foylner (Chendler, 58), Dabanli, Pogatec, Pinola, Shtark (Essvayn, 71), Balich, Kiyotake, Drmich, Mak (Frantc, 65), Ginchek.
Gerta – Kraft, Pekarik, K. Yanker (Ronni, 66), S. Langkamp, Xolland, Lustenberger, Xosogai, Allagi (Vagner, 66), Baumyoxann (Bruks, 83), Ben-Xatira, Ramos.
Ogohlantirishlar: Dabanli (8), Foylner (27), Pekarik (32), Pinola (53), Baumyoxann (53), Shtark (69), Chendler (71).

Borussiya D – Ayntraxt B 2:1 (0:0, 2:1)
18 avgust, Signal Iduna Park
Gollar
: 1:0 – 75 Xofmann (Xummels), 2:0 – 86, penalti Roys, 2:1 – 89, avtogol Levandovski. 
Borussiya D – Vaydenfeller, Grosskroytc, Papastatopulos, Xummels, Shmelcer, Bender, Shaxin, Blashchikovski (Roys, 60), Mxitaryan (Duksh, 90), Obameyang (Xofmann, 67), Levandovski.
Ayntraxt B – Davari, Elabdellaui, Korreyya, Bichakchich, Rayxel, Kratc, Toyerkauf, Xoxshaydt (Boland, 65), Kruppke (Ademi, 77), M. Kalidjuri (Pertel, 65), Djekson.
Ogohlantirish: Toyerkauf (60). 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia