Georgios Samaras "Seltik" bilan yana bir bor "Barselona"ni yutmoqchi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013
"Seltik" hujumchisi Georgios Samaras o'tgan yilgi muvoffaqiyatni yana bir bor takrorlab, "Barselona"ni yutishni istayotganini ta'kidladi.
"Biz doim o'z imkoniyatlarimiz va jamoamiz kuchiga ishonib o'ynaymiz. Men hozir yaxshi formadaman va o'zimga bo'lgan ishonchim yuqori. "Barselona"ni yutish vazifasini bajarish uchun jamoaga qo'limdan kelganicha yordam beraman. "Barselona" darvozasi oldida ko'p vaziyat yarata olishimizga ko'zim yetmaydi. Biroq paydo qilingan vaziyatlarni golga aylantirishimiz kerak bo'ladi", deya futbolchi so'zlaridan Sport.es iqtibos keltirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net