Gaytan Atletikoga 25 million evaziga o'tadi

Narzulla Saydullayev
21 may 2016, 08:35
Benfika yarim himoyachisi Nikolas Gaytan yaqin soatlar ichida Atletiko bilan shartnoma tuzadi.

Gaytan juma kuni Benfika safida Maritimuni mag'lub etishda qatnashdi (6:2) va ketma-ket uchinchi marta, umumiy ettinchi bor Portugaliya liga kubogini qo'lga kiritdi.

Futbolchining klub bilan 2019 yilga qadar shartnomasi bor. 28 yoshli argentinalik Maritimu bilan o'yindan so'ng jamoadan ketayotganini ma'lum qildi.

Transfer 25 million evroga aylanishi kutilmoqda. Yaqin orada Gaytan tibbiy ko'rikdan o'tadi va Atletiko bilan 4 yillik shartnoma tuzadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ojogo.pt