G'ayratjon Rayimdjanov: “Neftchi” ayollar jamoasida mahalliy yosh futbolchi qizlar o'ynashmoqda”

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2019, 10:05
Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati 11-turidan o'rin olgan “Neftchi”W - “Paxtakor” W (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi G'ayratjon Rayimdjanov quyidagicha fikrlarni bildirdi.

“Neftchi” ayollar jamoasida mahalliy yosh futbolchi qizlar o'ynashmoqda. Bizga qo'yilgan vazifa ham shu, viloyatdagi yosh iqtidorli futbolchi qizlarni kashf etish va Farg'onada ayollar futbolni rivojlantirishdan iborat. Jamoamizdagi mavjud imkoniyatdan kelib chiqib harakat qilyapmiz, birinchi navbatda fubolchi qizlarimizga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim, ular futbolni sevishadi.

Bu yilgi chempionat yakunida nasib bo'lsa yuqori o'rinlarni egallashni maqsad qilganmiz, bu borada astoydil ishlaymiz, izlanamiz, o'z oldmizga qo'yilgan maqsad yo'lida ahillik bilan harakat qilishda davom etamiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia