G'ayrat Shixov: "Muammolarni aytaman desam matbuot anjumanida vaqt yetmaydi"

Narzulla Saydullayev
7 sen 2020, 09:25
Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi G'ayrat Shixov qatnashdi.




"Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi. Lekin, hisob biz uchun qoniqarli emas. Ishlashda davom etamiz. Har 2-3 kunda o'yin bo'layotgani bois futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqda.

Pro liganing darajasi bu yil ancha ko'tarildi. Oxirgi uchta turni orasida vaqt juda tig'iz bo'ldi. Balki, o'yinga moslasha olmayotgandirmiz.

Uchrashuv boshidan ochiq futbol taklif qildik. Mag'lubiyatga uchradik demak bu qaror xato bo'lib chiqdi. Yutganimizda to'g'ri bo'lardi.

Pandemiya va futboldagi to'xtalish faqat bizga emas butun dunyo futboliga ta’sir qildi. Bundan qochib bo'lmaydi. Mashg'ulotlarni uzluksiz o'tkazishni iloji bo'lmadi.

Himoya va yarim himoyadagi bog'liqlikda muammolar ko'zga tashlandi. Gol ura olmayapmiz, demak muammolarimiz ko'p.

Muammolarni aytaman desam matbuot anjumanida vaqt yetmaydi. Ishlashda va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz",- deydi G'ayrat Shixov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia