Gattuzo: "Jamoadagi biror kishi menga YCHLga chiqishga majburmiz demadi"

25 may 2019, 21:20
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo joriy mavsumdagi so'nggi o'yin oldidan o'z fikrini bildirdi.

"Men beshinchi o'rin biz uchun yomon natija emasligini aytgandim. Chunki, boshqa mavsumlarga qaraganda bu yil ko'proq ochko to'plashga erishdik. 

Bizda bir qancha muammolar bo'ldi. Ammo, ularni engib o'tishga o'zimizda ekch topa oldik. A Seriyada "Milan"ga nisbatan yaxshi sharoitga ega klublar bor. Shunday bo'lsa-da, biz musobaqa jadvalida ular bilan yonma-yon bormoqdamiz. 

Bundayn tashqari, klubdagi biror kishi menga YCHLga yo'l olishga majburmiz degani yo'q. Ular bu natija uchun harakat qilib ko'rishimizni so'rashdi va hozir ham yomon bo'lmagan imkoniyatga egamiz", - deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

"Milan" ayni paytda A Seriyaning 5-pog'onasida joylashagan. Undan oldinda borayotgan "Inter" va "Atlanta" bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkid etadi. 

So'nggi turda "Milan" SPAL bilan o'ynaydi. "Neradzurrilar" "Empoli"ga qarshi, "Atlanta" esa "Sassuolo" bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net