Gattuzo: "G'azabdaman"

Mirjalol Normatov
1 apr 2018, 14:25
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A seriyasi doirasida "Yuventus"dan (1:3) uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"O'yin Yevropa ligasi doirasida "Arsenal" bilan o'ynaganimiz kabidek o'tdi. Natija maydondagi o'yinni aks ettirmadi. "Milan" yaxshi jamoaviy o'yin namoyish etdi, biroq g'alaba qozona olmadi. Demak, jamoa hali juda ko'p ishlashi kerak.

Chalhano'g'li meni g'azablantirdi. U to'pni yo'qotsa, men bilan bahslasha boshlaydi. Bu esa menga yoqmaydi. Agarda u orqasini ko'tarib, o'yinga qo'shilib ketganida biz gol o'tkazib yubormagan bo'lardik.

G'azabdaman, tabassum qila olmayman. Bu ketish bo'lsa, jamoa chempionlikka erisha olmaydi", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia