Gattuzo A Seriyada qayta ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 12:29
"II Messaggero" xabariga ko'ra, "Milan"ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo "Lacio" bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

"Rimlik burgutlar" rahbariyati Simone Inzagining ushbu mavsum startidagi natijalaridan mamnun emas. Hech qayerda ishlamayotgan Gattuzo bilan shartnoma imzolash uchun qiyinchilik tug'dirmaydi.

Qayd etish kerak, Gattuzo yozdayoq "Lacio" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin edi. Ammo rahbariyat Simone Inzagiga imkoniyat taqdim qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: II Messaggero