Garnacho faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2025
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Pari Sen-Jermen" 20 yoshli argentinalik atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Garnacho klubga Ruben Amorim kelgach, asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan va shu sababli boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylamoqda.

Avvalroq OAVda murabbiy va Alexandro o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida mish-mishlar paydo bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fr.sports.yahoo.com