Garitano iste'foga chiqarildi

6 iyul 2020, 01:59
"Alaves" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Aser Garitanoning lavozimidan bo'shatilganini e'lon qildi.

"Alaves" Ispaniya chempionatida ketma-ket 5 o'yinda yutqazganidan keyin jamoa rahbariyati shunday qarorga kelgan. Ayni paytda "Alaves" La Liga musobaqa jadvalida 15-pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: deportivoalaves.com