Gari Lineker VAR tizimini tanqid qildi

Tolibjon Qosimov
28 mar 2018
Angliya va Italiya termalari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Skuadra Adzurra" uchrashuvning so'nggi daqiqalarida penaltidan to'p kiritdi. Bosh hakam videotakrorlar tizimiga murojaat etgan holda bu qarorga keldi. Gari Lineker bunday tizimlar zamonaviy futbolni o'zgartirib yuborishini aytdi.

"VAR Rossiya uchun juda qiziqarlidir. Agarda videoyordamchilar tizimi bizni jazolashni boshlasa, unda hozirdan shunday bo'la qolsin. Toza va haqli g'alabani Angliyadan tortib olishdi", - deb yozdi Lineker o'zining tvitter sahifasiga.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/garylineker