Gari Lineker: "Manchester Yunayted" Ronaldu bilan mening bog'imda shartnoma imzolagan

Tolibjon Qosimov
6 okt 2021, 14:43
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker "Manchester Yunayted"ning hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash jarayoni tafsilotlari haqida aytib o'tdi.

"Hammasini boricha aytaman. Ed Vudvord ("Manchester Yunayted" ijrochi direktori) - yaqin do'stim va u menga qo'shni. U Krishtianu Ronaldu bilan mening bog'imda shartnoma imzolagan. U kirib kelganda Ronalduning agenti bilan telefonda gaplashayotgan edi. Umid qilamanki, juda ko'p narsalarni gapirib yubormayapman. Menda u telefonda gaplashib o'tirganidagi ajoyib suratlar bor. Bin kun kelib o'sha rasmlarni uning ruhsati bilan chop etaman", - deya Linekerning so'zlarini keltirdi "Manchester Evening News".


Ronaldu joriy mavsum APLning 4 o'yinida 3ta gol urdi. MYU esa jadvalda to'rtinchi pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Manchester Evening News