Gari Kexillning yangi jamoasi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2019, 10:15
"Chelsi" himoyachisi Gari Kexill qishki transferlar oynasi yopilguncha "Fulxem"ga o'tadi.

"Fulxem" 33 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olishgan. Ammo shartnomaning bandlari ma'lum emas.

Oldinroq chempionship vakili "Aston Villa" futbolchini 4 million funt evaziga mavsum yakuniga qadar ijaraga olish borasida chiqqan taklifiga londonliklar rad javobini berishgandi.

Himoyachi bu mavsum APLda atigi 22 daqiqagina harakat qildi. 2019 yilning yozida u erkin agentga aylanadi.

22 turdan keyin "Fulxem" APL turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazetta Dello Sport