Garet Sautgeyt: “Biz kattaroq marralarni zab etmoqchimiz”

6 iyul 2018, 00:56
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garett Sautgeyt JCH-2018 chorak finalida Shvetsiyaga qarshi o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz yuksaklikka intilmoqdami, ammo hali kerakli natijaga erishganimiz yo'q. Barcha futbolchilar g'alabaga chanqoq. Kolumbiyaga qarshi bahsdan ko'plab xulosalarni chiqardik. Ammo biz ko'proq narsaga erishmoqchimiz va erishilgan marrada to'xtab qolish niyatimiz yo'q.

Shvetsiyani hurmat qilaman, jamoa o'z nomiga, uslugbiga ega. Ular boshqa kuchli terma jamoalarga qaraganda ajoyib natijalarni ko'rsatishmoqda. Men shvedlarga qarshi to'p tepganman va ko'plab turnirlarda ularni kuzatganman. Raqibimiz ko'proq to'p bilan muomalada bo'lishni istaydi. Biz g'alaba qozonishimiz uchun judayam yaxshi o'yin ko'rsatishimi kerak”, deydi Sautgeyt.

Angliya-Shvetsiya uchrashuvi 7 iyul kuni soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ФИФА расмий сайти