Garet Beyl: Uels Evro-2016ga chiqmoqchi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2013
Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl jamoaning bosh maqsadi Evro-2016da ishtirok etish ekanligini ma'lum qildi.
Biz Evro-2016 saralash bosqichiga qur'a tashlanayotganda yuqoriroqda bo'lish uchun o'rtoqlik uchrashuvlarida ham g'alaba qozonishimiz kerak.

Maqsadimiz bu musobaqaga borish, butun xalqimiz bizni qo'llaydi.

Biz to'g'ri yo'ldan ketayapmiz. Mamlakatimizga katta musobaqani taqdim etish niyatidamiz.

Har safar milliy terma jamoa libosini kiyganimda 110 foiz kuch bilan o'ynayman, – deydi Beyl.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru