Garet Beyl "Liverpul"ga qarshi o'ynay olmasligi mumkin
Narzulla Saydullayev
20 okt 2014, 09:00
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl YCHL guruh bosqichi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi mumkin, deb xabar bermoqda Inside Spanish football nashri.
Uelslik futbolchi o'z milliy terma jamoasi safidagi o'yinlar vaqtida jarohat olgan. Shu bois ham Ispaniya chempionati doirasidagi "Levante"ga qarshi o'yinni (5:0) o'tkazib yubordi.