Gamper Kubogi-2022. “Barselona” Meksika jamoasini tor-mor etdi, Levandovskidan esa gol+2 ta assist

Eldor Akmurzayev
8 avg 2022, 07:50
Har mavsum oldidan tashkil etiladigan Joan Gamper kubogida “Barselona” Meksikaning “Pumas” jamaoasiga qarshi to'qnash keldi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar raqib ustidan 6:0 hisobida zafar quchib, qatorasiga 10-marotaba ushbu sovrinni o'zlarida qoldirishdi. Mazkur uchrashuvda Robert Levandovski raqib darvozasini ishg'ol etib, ikkita golga hammuallif bo'ldi.

“Barsa” oxirgi marta 2012 yil “Sampdoriya”ga yutqazib, kubokni boy bergan. Hozirgacha “ko'k-anorranglilar” hisobida 45 ta Joan Gamper sovrini bor.

"Barselona" Ispaniya – "Pumas" Meksika – 6:0 (4:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – Levandovski (3), 2:0 – Pedri (5), 3:0 – Dembele (10), 4:0 – Pedri (19), 5:0 – Obameyang (49), 6:0 – de Yong (84).

"Barselona": Ter Stegen (Penya, 61), Balde (Alba, 46), Garsiya (Pike, 46), Arauxo (Kunde, 61), Roberto (Dest, 61), Buskets (Niko, 46), Gavi (Kessie, 46), Pedri (de Yong, 46), Dembele (Obameyang, 46), Rafinya (Fati, 46), Levandovski  (Depay, 60).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia