"Gamburg" hujumchisi "Real"ga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2017, 14:17
"Real" va "Chelsi" "Gamburg"ning 17 yoshli hujumchisi Yan-Fita Arpaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi bu klublarning taklifini rad etdi va o'z klubida qolishni maqul ko'rdi. Arpning fikricha, "Gamburg"da u kelasi mavsum ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, futbolchi voyaga etganini aniqlovchi imtixon topshirishi kerak.

Arp yaqin kunlar ichida o'z klub bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirishi kutilmoqda.

So'nggi mavsumda "Gamburg" Germaniya chempionatida 38 ochko to'plab, 14-o'rinni egalladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild