Galte PSJdan 6 mln evro tovon puli oladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2023
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte klubni tark etadi.

Manbaning xabariga ko'ra, mutaxassis klub hamkorlikni muddatidan avval to'xtatgani uchun 6 mln evro tovon puli oladi. Murabbiyning shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Pari Sen-Jermen" 2022/23-yilgi mavsumda Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal