"Galatasaroy" "Liverpul" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
26 may 2020, 13:30
Shveytsariyalik futbolchi Turkiya Superligasiga yo'l olishi mumkin.

"Liverpul" xavbeki Jyerdan Shakiri "Galatasaroy" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

28 yoshli futbolchi Turkiyaga klubga chempionlik uchun yordam berishga va o'yin amaliyotini qondirish uchun ko'chib o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Roma" ham Mersisayd jamoasi vingeriga qiziqish bildirgan.

Shakiri joriy mavsum "Liverpul" libosida APLda 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport