"Galatasaroy" Ikardi uchun 10 mln evro to'laydi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023, 15:29
"Galatasaroy" va PSJ hujumchi Mauro Ikardini turk klubiga doimiy ravishda o'tkazish bo'yicha muzokaralarni boshladi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, Turkiya klubi 30 yoshli argentinalik uchun 10 million evro to'laydi.

Ikardi 2022/23 yilgi mavsum ijara asosida "Galatasaroy" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe