"Galatasaroy" Jon Terriga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqchi
Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 19:36
"Galatasaroy" "Chelsi" himoyachisi Jon Terriga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda The Mirror nashriga.
Agar himoyachi ushbu taklifga rozilik bildirsa yiliga 5 million funt maosh oladi. Eslatib o'tamiz, 33 yoshli himoyachining "Chelsi" bilan shartnomasi yaqinda tugaydi va u erkin agentga aylanadi.