

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard hali APLda maydonga tushishi mumkin, ammo Angliya chempionatining faqat so'nggi bahslarida ishtirok etishi haqiqatga yaqin.
19 yoshli braziliyalik "Bornmut"ga qarshi APLning 25-tur o'yinida (2:0) jarohat olgan edi.
Qishda "Manchester Siti" safini to'ldirgan Jezus APLning 4 ta uchrashuvida 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.



