Futzal terma jamoamiz dunyo reytingida 19-o'rinda!

Tolibjon Qosimov
27 mar 2015, 19:00
Dunyo futzal terma jamoalarining mart oyi uchun yangi reytingi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, O'zbekiston futzal terma jamoasi o'tgan oydagi o'rnini saqlab qoldi. Bu safar ham terma jamoamiz dunyo reytingida 19-o'rinni egallab turibdi.

Futzal terma jamoamiz dunyo reytingida 19-o'rinda!

Kuchli beshtalikda o'zgarish kuzatilmadi. Hamon dunyo futzal terma jamoalari reytingini Ispaniya boshqarib bormoqda. Keyingi o'rinlardan Braziliya, Rossiya, Italiya, Argentina terma jamoalari joy olishgan. Osiyoning tengsiz jamoasi hisoblangan – Eron esa 6-o'ringa ko'tarilib oldi.  

Futzal terma jamoamiz dunyo reytingida 19-o'rinda!

1 (1). Ispaniya - 1922 ochko

2 (2). Braziliya - 1910

3 (3). Rossiya - 1746

4 (4). Italiya - 1721

5 (5). Argentina - 1679

6 (7). Eron - 1611

7 (6). Portugaliya - 1596

8 (8). Ukraina - 1494

9 (10). Kolumbiya - 1415

10 (9). Chexiya - 1412...

19 (19). O'ZBEKISTON - 1269

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning o'tgan oydagi o'rni ko'rsatilgan

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: olamsport.com