

Osiyo chempionati. Chorak final
O'ZBEKISTON - QUVAYT 3:0
Gollar: Anasxon Rahmatov (D.Rahmatov) 14, Davron Choriev (I.Hamroev) 21, Husniddin Nishonov 34.
O'zbekiston (birinchi beshlik): Ravshan Eliboev, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron Choriev
Zaxira: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Adilov, Sunnat Jo'raev, Dilshod Rahmatov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, Shaxram Fahriddinov, Davlat Ibragimov
Kuvayt: 1. Muhammad Alhuazim, 2.Hamad Hayat, 6.Abdulrahmon Alvadi, 7.Abdulrahmon Altavail, 14. Saloh Alfadhel.
Zaxira: 2. Xolid Abdulloh, 3. Yusuf Alhalifa, 4. Ahmad Alforsi, 8. Najib Ali, 9. Abdulrahmon Almosabehi, 10. Abduelteif Alabasi, 12. Hamad Alavadhi, 13. Ali Alsaif.
Raqib jamoa o'yin tugashini kutib o'tirmadi va jamoamiz vakillarini g'alaba bilan tabriklab qo'yishdi.
40. Jamoamiz bugungi bahsni o'ta ishonchli o'ynadi. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Yaponiya bo'ladi.
37. Yarim finalga chiqishimizga 3 daqiqadan ko'proq vaqt qoldi.
34. GOOOL! 3:0! Ko'pchilik bo'lib hujum qilayotgan mezbonlar to'pni oldirishdi va jamoamiz tezkor qarshi hujum boshladi. Raqib posboni darvozasiga qayta olmadi, darvozani byerkitgan o'yinchi esa Nishonovning zarbasini qaytarishga ojizlik qildi.
32. Nishonov uzoq masofadanchap oyoqda kuchli zarba byerdi, biroz noaniq.
30. O'yin shunday davom etavyersa vakillarimiz tez orada uchinchi golni ham urishadi.
29. Kuvaytning ko'pchilik bo'lib oldinga o'tishi ham foyda byermayapti. Bu turnirda bizga faqat Eron jiddiy muammo tug'dirishi mumkin ekan.
27. Eliboeeev! Raqib darvozabonsiz o'ynayotgan bir paytda vakillarimiz to'pni olib qo'yishdi. Eliboev to'pni olishi bilan darvozag azarba byerdi, biroz aniqlik yetishmadi.
24. TO'LQINOOV! Elbekning burchakka yaqin joydan byergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi, aks xolda hisob 3:0 bo'lardi.
22. Kutilmaganda kuvaytlik futzalchining mazasi qochib qoldi. Takroriy lavhalarda unga vakilimiz nozik tegib qo'ygani ko'rindi. Mezbonlarning jarima zarbasini tyerma jamoamiz vakillari butun jamoa bo'lib qaytarishdi.
21. Ikkinchi bo'lim boshlandi va GOOOL! CHORIEEEV! Davron Choriev jamoadoshi bilan devor uslubida o'ynab, to'pni qaytarib oldi va raqib darvozasining uzoq burchagiga kuchli hamda aniq zarba byerib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
- Biz qaytdik va bir necha soniyalardan so'ng O'zbekiston hamda Kuvayt tyerma jamoalari o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo Kubogi chorak final bahsining ikkinchi bo'limi boshlanadi.
TANAFFUS! 1:0
20. Choriev yana bir bor to'pni darvozabon ustidan tashladi, ammo so'nggi pallada posbon to'pni qo'li bilan urib yubordi.
20. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasi. To'p biznikilarda.
18. Kuvayt o'ynovchi darvozabon bilan harakatlanyapti, hozircha raqib faqat uzoqdan byeriladigan zarbalarga kuchi etmoqda.
16. Choriev Kuvayt darvozabonini aldab o'tdi va zarba byerdi, afsuski to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.
15. Darvon Choriev to'pni olib qo'ydi va tezkor qarshi hujumni boshlab byerdi, ammo vakillarimiz unga biroz kechikishdi.
14. CHORIEEEV! Darvonning markazdan byergan zarbasini Kuvayt posboni qiyinchilik bilan qaytardi.
14. GOOOOL! Burchakdan havolatib uzatilgan to'pni Anasxon Raxmatov darvozaga kuchli zarba bilan joylab qo'ydi!
11. Ropiev raqib darvozaboni uzatgan to'pni ilib ketishiga oz qoldi.
10. Ropiev kutilmaganda havodan kelayotgan to'pga noodatiy tarzda tegdi va to'p darvozabonimizga ketdi, Eliboev o'zini yo'qotmadi va tezda xavfni uzoqlashtirdi.
10. Taym aut, Kuvayt tyerma jamoasi ustozi 1 daqiqalik tanaffus oldi.
7. Jarima zarbasi, raqib futzalichimizga nisbatan xavfli o'ynagani uchun xushtak chalindi.
6. Jamoamizning navbatdagi hujumiga biroz omad yetishmadi.
2. Navbatdagi zarbaaa! Nishonovning bu safargi zarbasi avvalgisidanda xavfli chiqdi. To'p to'singa tegib qaytdi.
2. Zarbaaa! Nishonov burchakka yaqin hududda to'pni darvozabon ustun oshirib, gol urishga harakat qildi, afsuski zarba noaniq bo'ldi.
1. Futzalchimiz jarohat oldi, tyerma jamoamiz shifokori unga tibbiy yordam ko'rsatyapti.
1. Yarim final uchun bahs boshlandi. Biznikilar oq, Kuvayt ko'k rangli libosda harakat qilishadi.
- Rustam Umarov jamoa sardori sifatida qur'ada ishtirok etib,to'p va darvozani raqib bilan bo'lishib olishdi.
- Assalomu alaykum hurmatli futzal va futbol muxlislari. Bugun tyerma jamoamiz Quvaytda o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogining chorak finalida mezbon mamlakat vakillariga qarshi maydonga chiqishadi.



