Futzal. O'zbekiston terma jamoasining sentyabr oyidagi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar ro'yxati

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022, 12:33
Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 12-22 sentyabr kunlari navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi.

Bahodir Ahmedov tomonidan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasining sentyab oyidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga jalb etilgan futzalchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Rustam Umarov ("Jizzax-Kenteks"), Ravshan Eliboev (BMB), Abbos Elmurodov (BMB), Ixtiyor Ropiev ("Jizzax-Kenteks"), Husniddin Nishonov (BMB), Davron Choriev (BMB), Ilhom Hamroev ("Jizzax-Kenteks"), Mashrab Odilov (BMB), Anasxon Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), Dilshod Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), Akbar Usmonov (BMB), Elbek To'lqinov ("Jizzax-Kenteks"), Sunnatilla Jo'raev ("Jizzax-Kenteks"), Davlat Ibragimov (AGMK), Shaxram Faxriddinov ("Jizzax-Kenteks"), Daler Eshonqulov ("Dinamo"), Asilbek Isrilov ("Bunyodkor"), Xayrulla Solihov (AGMK)

Yig'in davomida Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Iroq vakillariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish reja qilingan.

13 sentyabr

O'zbekiston - Iroq

14 sentyabr

O'zbekiston - Iroq

Uchrashuvlar "Yunusobod" yopiq sport majmuasida soat 18:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати