Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Indoneziyada chempion bo'ldi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2019, 14:38
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyadagi “MNC Futsal Championship 2019” xalqaro musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. Musobaqadagi avvalgi 2 ta bahsni ham o'z foydasiga hal qilgan terma jamoamiz bugun Xitoy Taypeyi bilan to'qnash keldi.

Qiziqarli tarzda kechgan va terma jamoamiz ustunligi ostida o'tgan bellashuvda 8:0 hisobi qayd etildi va vakillarimiz musobaqadagi barcha raqiblarini mag'lub etgan holda bosh sovringa ega chiqdi.

“MNC Futsal Championship 2019”
O'zbekiston – “KL Siti FK” (Malayziya) 9:0
O'zbekiston – Indoneziya 3:1
O'zbekiston - Xitoy Taypeyi 8:0


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia