Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Belarus bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
3 noya 2015, 13:19
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida Belarus terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Xose Mariya Mendez (Pulpis) boshchiligidagi terma jamoamiz Belarus terma jamoasi bilan 2 va 3 dekabr kunlari o'yin o'tkazadi. Jamoamiz 1 dekabr kuni ushbu davlatga uchib ketadi.

Futzalchilarimiz ushbu o'yinlarni o'tkazib bo'lgach to'g'ri Doxaga uchadi. Qatarda 5-10 dekabr kunlari yig'in o'tkazadi va Qatar milliy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtiriladi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi kelasi yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia