Futzal. O'zbekiston terma jamoasi 2 noyabrda yig'in boshlaydi

Tolibjon Qosimov
29 okt 2015, 11:28
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 noyabr kuni navbatdagi yig'inni boshlaydi.

Xose Mariya Mendez yig'inga 18 nafar o'yinchini chaqiradi, ulardan 14 nafari Yaponiya bilan o'yinga uchadi.

Terma jamoa 8 noyabrda Seul orqali Yaponiyaning Nagoya shahriga uchadi. Nagoyada 10 va 11 noyabr kunlari Yaponiya terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia