Futzal. O'zbekiston Continental xalqaro turnirida 3-o'rin uchun Misr bilan bellashadi

Alisher
29 iyul 2021, 18:34
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Tailanddagi Continental xalqaro turnirining yarim final uchrashuvini o'tkazdi.

Eron vakillariga qarshi kechgan bahs yakunida futzalchilarimiz 7-5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Tailand va Misr terma jamoalari o'rtasida o'tgan navbatdagi yarim final o'yinida esa tailandliklar 3-2 hisobida g'alaba qozondi.

Turnir reglamentiga ko'ra, futzal terma jamoamiz ertaga 3-o'rin uchun tashkil etiladigan bahsda Misr vakillari bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv yurtimiz vaqti bilan soat 11.00 da start oladi.

“Continental” xalqaro turniri

3-o'rin uchun bahs

30.07.2021 | 11.00

O'zbekiston - Misr

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz