Futzal. "Lokomotiv" a'zolari Xitoyga yetib borishdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2014, 11:35
Ertaga Xitoyning Chengdu shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan "Lokomotiv" jamoasi kecha Xitoyga uchib ketgandi. Ahad Yusupov shogirdlari Toshkent - Pekin - Chengdu yo'nalishi bo'ylab chin yurtiga yo'l olgandi. Bugun futzalchilarimiz Chengdu shahriga yetib borishdi.

Eslatib o'tamiz, "temiryo'lchilar" "A" guruhida  "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Shenjen Nanling" (Xitoy) va "Vik Vipers" (Avstraliya) jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini "Lokomotiv" 25 avgust kuni "Nagoya Oushens"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia