Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. Musobaqa mezboni ham yarim finalda + FOTO

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2017, 18:20
Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqaning chorak final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqa mezboni hisoblangan Vetnam chempioni "Tai Son Nam" klubi 1/4 finalda amaldagi finalchi Iroq chempioni "Nafit Al Vasat"ni 4:0 hisobida taslim etdi va uchinchi bo'lib yarim finalga yo'l oldi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
Chorak final
"Phu Tho Stadium"
, Xoshimin
27.07.2017

"Nafit Al Vasat" - "Tai Son Nam" 0:4
Gollar:
N.Min Tri 34, 36, T.Van Vu 38, P.Duk Hoa 40

Ogohlantirishlar: A.Duraid 23, R.Eesa 30, K.Hussein 40 - H.Toyibi 5
Chetlatish: R.Eesa 35


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia